Loyiha bilan tanishuv

Date:

Gaz, neft kabi uglevodorodlar energiyasidan keng foydalanamiz. Ammo, unutmasligimiz kerakki, ularning zaxiralari cheklangan. Shu sababdan ham mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga keng e’tibor qaratilgan.
Maqtanib aytsak bo‘ladiki, quyoshli yurtda yashaymiz. Hisob-kitoblarga qaraydigan bo‘lsak, yurtimizda bir yilda oʻrtacha 320 quyoshli kun kuzatiladi. Shuni hosobga olib, Oʻzbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini yuzga keltirish mumkin. Bu – mamlakatimizning energiyaga boʻlgan jami ehtiyojidan 8 barobar koʻp energiya ishlab chiqarish mumkin degani. Mana shunday loyihalarni ishlab chiqib, xorijiy investorlar jalb etilsa va koʻplab quyosh elektr stansiyalari qurilsa, foydadan holi bo‘lmaydi. Surxondaryoda ham quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi ana shunday loyihalarning davomi bo‘ldi deyish mumkin.
BAA davlatining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Sherobod tumanida 457 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi amalga oshirilayotir. Ko‘pchilikda haqli savollar tug‘ilishi tabiiy. Loyihaning afzalliklari, imkoniyatlari qanday? Stansiya qurilib, ishga tushirilsa, aholiga xavfli jihatlari yo‘qmi? Sherobod tumani hokimligida kompaniya aʼzolari tomonidan tashkil etilgan seminarda mana shunday savollarga javob olish mumkin bo‘ldi. Qolaversa, loyiha uchun o‘tkazilgan ekologik va ijtimoiy taʼsirni baholash natijalaridan keng jamoatchilik xabardor qilindi. Fikr va takliflar tinglanib, kerakli tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tushuntirish ishlari fotoelektr stansiyasi quriladigan manzil – tumanning 4-sektori hududidagi “Bog‘iobod” mahallasida davom etdi. Mahalla idorasi yonida tashkil etilgan uchrashuvda aholi vakillari hamda fermerlar qatnashib, masʼullardan loyiha doirasida o‘zlariga qiziq va zarur bo‘lgan maʼlumotlarni olishdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun