Endi 10-11-sinf o‘quvchilari fanlarni o‘zi tanlaydi

Date:

Maktab ta’limini olish uchun har bir yoshning 11 yili sarflanadi. Bu muddat muhim ahamiyatga ega. Maqsad esa bitta — 11 yil ichida o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishi, oliy ta’limga, kelajak hayotga ilk qadamni tashlashga har jihatdan tayyor bo‘lishi inobatga olinadi. Yildan-yilga ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarish va yangiliklar negizida ham shu jihatlar inobatga olingan bo‘ladi. Ayniqsa, xalqaro andozalarga, standartlarga moslashish ta’lim tizimiga kutilgan natijaga erishishga xizmat qiladi.
Joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularga kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda 1-4-sinf o‘quvchilarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish joriy etiladi. 5-9-sinf o‘quvchilariga umumta’lim fanlardan tayanch bilimlar beriladi. 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi. Bunda ularga 14 ta majburiy fanlardan takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan tanlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa bitiruvchi sinf o‘quvchilarini ortiqcha yuklamalardan xalos etib, o‘z yo‘nalishidagi fanlardan tayyorlanishiga imkon beradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun