100 mingdan ortiq saksovul ekildi

Date:

Quruq cho‘l iqlimiga moslasha oladigan daraxt saksovuldir. Uning ildizlari 10-12 metr chuqurlikkacha yetib, qumliklarni mustahkamlash uchun ekiladi. Bu ildizlar qum barhanlari ko‘tarilishining oldini olibgina qolmay, yerdagi namlikni ham saqlab turadi. Shu sababdan vohamizdagi cho‘l va dasht zonalarida asosan saksovul daraxti ekiladi. Afsuski, ba’zi fuqarolar ushbu himoyachilarga o‘tin sifatida qarab, tag-tomiri bilan sug‘orib ketishadi.
Bir so‘z bilan aytganda, saksovul cho‘llanishning oldini oladi. Mintaqadagi ekologik o‘zgarishlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida BMTning taraqqiyot dasturi, UNHCR, Tabiat resurslari vazirligi hamda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayantoq” mahallasi “Kattaqum” massivida 100 mingdan ortiq saksovul ko‘chatlari ekildi.
Mana shunday xayrli tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari hamda ko‘ngilli hasharchilar ishtirok etib, ezgu niyat ila saksovul ko‘chatlarini qadashdi. Saksovulning yuqoridagi foydali jihatlarini raqamlarda aytadigan bo‘lsak, ekilgan har bir saksovul 4 tonna qum ko‘chkisini to‘xtata oladi. Ushbu tashabbus viloyatimizning Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sherobod, Angor tumanlarining cho‘l hududlarida davom etadi va saksovul, cherkiz va boshqa sho‘rga, suvsizlikka chidamli o‘simliklar ekildi. Bu esa mahalliy aholi tili bilan aytganda “afg‘on” shamolida ko‘tariladigan qo‘m bo‘ronlarining shiddatini pasaytirishga xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qashqadaryolik jurnalistlar Termizda

Har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Joriy...

O‘qituvchi maoshini o‘zi belgilaydi

O‘qituvchi-pedagoglar qadr topib, ular uchun barcha shart-shaoitlar yaratildi. Maqsad...

Loyihalar va taqdimotlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq...

Marburgga qarshi choralar kuchaytirildi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg...
KunTun
KunTun