Qo‘shimcha bino qurildi

Date:

O‘rta ta’lim muhim qadam sifatida, hayotimizning keyingi bosqichlari uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda yurtimizda yoshlarning maktab ta’limini olishiga katta e’tibor qaratilgan. Umumta’lim maktablarida barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan, malakali va salohiyatli pedagog-kadrlarni jalb etish esa eng birinchi va ustuvor masaladir.
Gap maktabdagi shart-sharoit haqida ketar ekan, farzandlarimizni yetarli darajada bilim olishida halaqit beradigan jihatlarni bartaraf etish lozim. Qish-qirovli kunlarda sovuq sinfxonalarda o‘tirgan o‘quvchining xayoliga o‘qituvchi berayotgan saboqlar kiradimi yoki isinishmi? Yoki o‘quvchi soni ko‘pligidan tiqilib o‘tirgan o‘quvchilar darsdan ko‘ra gurungga berilib ketmasmikan, fikr-u xayoli chalg‘imasmikan?
Angor tumanidagi “Qorasuv” mahallasida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabi ham o‘quvchilar sonidan kelib chiqib qaraganda qo‘shimcha yangi bino qurishni taqozo etdi. Ushbu masala “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritildi-yu, qisqa muddatda yangi binoning qurilish ishlari boshlab yuborildi. 4 milliard 87 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazilgan 550 o‘rinli zamonaviy yangi bino nihoyat foydalanishga topshirildi.
O‘qituvchilar qatori, o‘quvchi-yoshlarning, ularning ota-onalarining quvonchi cheksiz. Ochilish marosimi katta xursandchilikka, bayramga ulanib ketdi. Angor tuman hokimi Qosim Mardonov, xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, mahalla faollari ham tashrif buyurib, yoshlarning, maktab jamoasining quvonchiga sherik bo‘lishdi.
Mehmonlar yangi binodagi shart-sharoitlar, qulayliklarni ko‘rib, shinam va yorug‘ sinfxonalar bilan tanishishdi. Ushbu muqaddas dargohda xalq koriga yaraydigan, Vatan xizmatiga kamarbasta insonlar yetishib chiqsa, ajab emas.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun