OILALAR FAROVONLIGI YO‘LIDA

Date:

Nafaqat mahallada, jamiyatda, eng asosiysi oilada ayollarning o‘rni nihoyatda katta. Farzand tarbiyasida, ro‘zg‘or yurituvida ham ayolning o‘rni, vazifasi yaqqol seziladi. Ayolmi, erkakmi — barchamiz ertangi kun egalarining tarbiyasi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun mas’ulmiz, burchlimiz. Shunday ekan, tarbiya borasida faqat onaga mas’uldorlikni oshirish kerak emas. Oila-mahalla-maktab hamkorligini yo‘lga qo‘ysak, maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘lidan ketayotgan bo‘lamiz.

Mana shunday jihatlarni inobatga olgan holda mahallalardagi “Oilalar farovonligi yo‘lida oqila ayollar harakati rolini oshirish” mavzusida Sho‘rchi tumanidagi mahallalarda harakat aʼzolari bilan davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Davra suhbati davomida notinch oilalar bilan ishlash, ajrimlarning oldini olish, migratsiyaga ketgan oilalardagi farzandlar tarbiyasi borasida fikr almashilib, muammoga munosib yechim izlash, qanday yondashish borasida rejalar tuzildi. Ayniqsa, qizlar tarbiyasida “Maʼrifatparvar ona” va “Oqila qiz” tamoyiliga yo‘naltirilgan ishlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, oilalar bilan manzilli ishlashga kelishib olindi. Bu kabi davra suhbatlari barcha mahallalarda davom etmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun