“Uch yog‘och” filiali orqali 230 dan ortiq Davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Date:

Davlat xizmatlari markazining shahar va tumanlarda, viloyatning chekka-chekka hududlariga-da o‘z faoliyatini boshlashi, aholi uzog‘i yaqin, og‘ini yengil, muammolarini esa zumda hal bo‘lishiga xizmat qilayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 30-sentyabrdagi 231-um-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarga mahalladan turib davlat xizmatlari ko‘rsatishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishni ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li Poshxurt qishlog‘i aholisi uchun Davlat xizmatlari markazining “Uch yog‘och” filiali ochilishi mahalliy aholi vakillarining davlat xizmatlaridan mahallaning o‘zida turib foydalanish imkoniyati yaratilganligi bilan quvonarli bo‘ldi. Sherobod tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazining “Uch yog‘och” filiali hududdagi 7 ta mahalladagi 13 ta qishloqning 24 000 dan ziyod aholisiga davlat xizmatlari ko‘rsatadi.

Endilikda ular tuman markaziga bormasdan “Uch yog‘och” filiali orqali 230 dan ortiq Davlat xizmatlaridan foydalanishadi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun