“Til-millat ko‘zgusi”

Date:

Har bir mustaqil davlatning o‘z ramzlari, qonunlari, madhiyasi, ona tili bor bo‘lgani kabi bizning ham o‘z ona tilimiz mavjud. U turkiy tillar oilasiga mansub – o‘zbek tilidir. Birinchi bo‘lib, 1989-yil 21-oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu kunni barcha O‘zbekiston aholisi keng ko‘lamda nishonlab kelayotir. Ana shunday tadbir Termiz shahrida joylashgan Sobir At-Termiziy nomidagi viloyat markaziy kutubxonasida o‘tkazildi.

“Til-millat ko‘zgusi” mavzusidagi tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi, MIB faxriylar bilan ishlash bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi, Termiz muhandislik texnologiya institutining o‘qituvchi va talabalari harbiy xizmatchilar va Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlari hamda ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan, tilimizning naqadar boyligi haqida asosli dalillarni keltirib o‘tdilar. Shundan so‘ng, ijodkor o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va raqslar namoyish etildi. Har bir chiqish tomoshabinlarga manzur bo‘ldi va o‘zgacha kayfiyat ulasha oldi.

Eng qizig‘i, tadbirda o‘quvchi-yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zbek tilining nechog‘lik boyligini tarannum etuvchi bahribayt tashkil etildi. O‘ziga xos aytishuvdan so‘ng, tadbir qatnashchilari kitob yarmarkasiga yo‘naltirildi. O‘zbek adabiyotining o‘lmas durdonalari joy olgan yarmarkada ana shunday adabiyotlar saralandi, tanlandi va xarid qilindi.

Akbar AHMEDOV,
III darajali serjant
Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun