“Dolzarb 40 kun” boshlandi…

Date:

Prezidentimizning 202-yil 30-dekabrdagi 46-son Farmoniga asosan, bir necha kunki, erta tongdan viloyatimizning shahar va tumanlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” boshlanib ketgan. Yosh-u keksa, davlat va nodavlat tashkilotlarining xodimlari borki, qo‘liga mevali va manzarali daraxtlar ko‘chatlarini tutgancha, yaxshi niyat ila yerga qadab, suv qo‘yayapti.

Qiziriq tuman hokimligi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “dolzarb 40 kun” ko‘chat ekish tadbiri uyushqoqlik bilan davom etayotir. Dolzarb 40 kunlik sifatli va tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan hududlarga mas’ullar biriktirilgan, shuningdek, ko‘chat zaxiralarini o‘rganib borish kabi masalalarda qizg‘in ish olib borilmoqda.

Loyiha doirasida “dolzarb 40 kun” ko‘chat ekish tadbirida “Yangiobod” mahallasi va “Yangikent” mahallasi hududiga 550 tup tut, 470 tup catalpa, 425 tup manzarali va 587 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ha aytgancha, har bir ko‘chatni ekishda hududiy iqlim va tuproq tarkibi inobatga olindi. Qaysi nihol unib ketishiga jiddiy e’tibor qaratildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun