Ish beruvchi subsidiya olishi mumkin, faqat…

Date:

Odatda ish beruvchi malakali, oyoq-qo‘li chaqqon xodimni ishga qabul qilishni istaydi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olishga kelganda 90-95 foiz holatda rad etiladi. Sababi siz-u bizga ayon. Ammo, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun yaxshi yangilik e’lon qilindi.
Qanday yangilik ekaniga qiziqayotganlar diqqatiga, endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin.
Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Foyda ko‘rishni niyat qilib, o‘lik jon sifatida ro‘yxat qilishga shoshmang, sababi bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, qolaversa, juda oson va qulay.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun