Amir Temur haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma topildi

Date:

Kitoblar ilmiy va ma’naviy merosimizdir. Necha-necha asrlar avval yozilgan kitoblar, qo‘lyozmalar, adabiyotlar o‘z davrining hayotidan, kechmishidan hikoya qiladi. Adabiyotini, san’atini, xullas barcha jabhada ochib beradi. Shuning uchun ham bu merosning qiymati bebaho. Biz avlodlar esa ularni o‘qib o‘rganishimiz, anglashimiz, shonli tarixdan xabardor bo‘lib, kechagi kunimizdan, ajdodlarimizdan faxrlanishimiz lozim.
Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozmaning aniqlangani, unga nisbatan ko‘pchilikda qiziqish uyg‘onadi.

Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Hozircha qo‘lyozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan va qayerda ko‘chirilgani ma’lum emas.

Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lyozmaning nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan. Reja amalga oshsa, buyuk sohibquron bobomiz haqida yangi manbaga, qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Qolaversa, qo‘lyozma orqali o‘sha davrning, ijtimoiy-siyosiy hayotning yangi qirralarini kashf etsak, ajab emas.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun