SHO‘RCHIDA MA’RIFAT VA MA’NAVIYAT MASKANI FAOLIYAT BOSHLADI

Date:

Shahar va tumanlarda, chekka-chekka qishloq va ovullargacha bugun ma’naviyat, ma’rifat kirib boryapti. Buni qad rostlab, foydalanishga topshrilayotgan Ma’naviyat va ma’rifat maskanlaridan ham bilsa bo‘ladi. Demak, yoshlarning kelajak taqdiridan, ertangi kunidan qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Sababi ma’naviyatga, kitobga oshno yoshdan yomonlik, buzg‘unchilik chiqmaydi.

Sho‘rchi tumanida o‘z faoliyatini boshlagan Ma’naviyat va ma’rifat maskani ham ana shunday ahamiyatga ega. Bu maskan yoshlarning o‘z ustida ishlashi, adabiyotga oshno bo‘lishi, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Maskanning ochilishi tumandagi yosh-u keksani befarq qoldirmadi. Quvontirdi, e’tibor qaratishga chorladi. Shu sababdan ham ochilish marosimi haqiqiy bayramga, o‘ziga xos xursandchilikka aylanib ketdi. Marosimda so‘zga chiqqanlar yoshlarni amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yurt ravnaqi uchun daxldorlik hissi va mas’uliyat tuyg‘usi ila yuksak marralar sari odimlashga chorladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun