USTOZLAR UCHUN KATTA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

Date:

Ustoz nomi har qanday davrda ham ulug‘langan. Ularga hurmat va ehtirom bajo keltirilgan. O‘z navbatida bugungi ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor, amalga oshirilgan islohotlar soha egalarining nufuzini oshirish bilan birga ularga katta talablar ham qo‘ymoqda.

Zahmatli kasb egalari ana shunday shiddat bilan o‘zgarayotgan, talab va majburiyatlar kuchaygan bir paytda ham sharaf bilan mehnat qilishyapti. Tinimsiz harakatlar bilan o‘z ustilarida ishlab kelajak avlod taqdiri uchun daxldorlik hissi ila o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etishyapti. Vohada o‘z bilim va malakasi bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan, o‘quvchilari ko‘plab nufuzli tanlovlarda g‘olib bo‘layotgan ustoz va murabbiylar bisyor. Ana shunday el e’zozida bo‘lgan ustozlar bayram munosabati bilan Qiziriq tumanidagi “Istara” to‘yxonasida tashkil etilgan bayram tadbiriga taklif etildi.

Tuman hokimi R.Pardayev jonkuyar ustozlarni bayram bilan samimiy qutlab, ularning zahmatli mehnatini, fidoyiligini e’tirof etdi. Shundan so‘ng, bir guruh faxriy ustozlar hamda hozirda faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar ulashdi.

Ajoyib bezatilgan dasturxonda bir piyola choy ustida bayram sababchilari dildan suhbatlashishdi. Tayyorlangan bayram dasturi, diltortar kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Ustozlar mazza qilib raqs tushdilar.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun