Jarqo‘rg‘on minorasiga sayohat

Date:

Jarqo‘rg‘on minorasi nafaqat mehmonlarni, balki mahalliy aholining-da katta qiziqishiga sabab bo‘lib kelayapti. Bir necha o‘n yillar davomida arxeologlar, tarixchilar, qolaversa, go‘zal arxitekturani sevuvchilarni ham hayratda qoldirgani rost. Minora noodatiy dekorativ bezaklar bilan bezatilgan.

U 1109-yilda Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan qurilgan. Qurilish vaqtida qirq uch metrga yetgan minoraning balandligi hozirda yigirma metrdan oshadi. Minorada yaratuvchisi seraxslik usta Ali ibn Muhammadning ismini va undan yuqoriroq qismida esa oxiriga yetkazilmagan Qur’onning muqaddas suralarini ko‘rish mumkin. Minoraning siljigan o‘qi tufayli u tugallanmagan yoki qisman vayron bo‘lgan deb taxmin qilinadi. 1879-yilda minora yaqinida qadimiy masjidning xarobalari topilgan.

Minoraning bezaklaridan ko‘zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi — to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, g‘ishtlarning terilgani g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga ulashgan o‘n olti yarim ustundan iborat. Ichkarida aylanali zinapoyalar mavjud bo‘lib, ular bo‘ylab eng yuqoriga ko‘tarilish mumkin. Hozirda Jarqo‘rg‘on minorasi ehtiyotkorlik bilan qo‘riqlanadi va muhim tarixiy va madaniy obyekt hisoblanadi.

27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tumandagi Jarqo‘rg‘on minorasi obidasiga sayohat uyushtirildi. O‘quvchilar, uyushmagan yoshlar, mahalla fuqarolari yig‘ilib, minora tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Sayohat ajoyib konsert dasturiga ulanib ketdi. Yig‘ilganlar o‘ynoqi ohanglar va kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, dildan yayradilar.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun