SHOIRADAN “MAHORAT DARSI”

Date:

Qog‘oz qoralab, misralarni kelishtirib, she’r yozishni mashq qilib yuradigan yoshlarning orzusi ijod namunalarini qalami o‘tkir, el suygan shoir va shoiralarga o‘qib bersa, ularning fikrlarini o‘zi uchun qoida qilsa-yu, ijodiy oq yo‘lini olsa… ijodkor uchun bundan ortiq baxt bormikan? Sho‘rchi tumanidagi 9-umumta’lim maktabida tahsil olayotgan Dilso’z Ulug‘bekova ham ana shunday umidli yoshlardan.

Maktabga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minovaning kutilmagan tashrifi yosh qalamkashning orzularini ro‘yobga chiqargandek bo‘ldi. Zulfiya Mo‘minova she’riyatga endigina tetapoya qilayotgan yoshlarni to‘plab, ularga mahorat darsi o‘tdi. Dilso‘z yanglig‘ yosh ijodkorlar o‘z she’rlaridan o‘qib, ustoz shoiraning fikrlarini tingladilar.

“Mahorat darsi” bahona maktab o‘quvchilari she’riyatning ajib bog‘ida Zulfiya Mo‘minova bilan takrorlanmas sayohatga chiqqandek bo‘lishdi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun