Imom Abu Iso Muhammad Termiziy filmi namoyish etildi

Date:

Azim poytaxtda yangi o‘zbek filmlarining taqdimoti bo‘lishi, kino ijodkorlarning ajib suhbatlari, suratga olish jarayonlaridagi voqealar, taassurotlari haqida bilish, ko‘rish tuyg‘usi baribir bo‘lakcha. Qandaydir jonli.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida o‘tkazilgan taqdimot marosimi surxondaryolik tomoshabinlarga ana shu his-tuyg‘uni bera oldi.

O‘zbek kino ijodkorlar aholi vakillari bilan uchrashib ular bilan suhbatlashishdi. Tadbir jarayonida Imom Abu Iso Muhammad Termiziy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.

San’at ahli bilan bo‘lgan uchrashuv ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi va yorqin taassurot qoldirdi. Bugungi o‘zbek kinosining yutuqlari, kamchiliklari, og‘riqli nuqtalari haqidagi fikrlar, ayniqsa, qimmatli bo‘ldi. Festival doirasidagi ijodiy uchrashuvlar, filmlar taqdimoti vohamizning har bir hududida davom etayotir.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun