“Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi

Date:

Mutolaa avvalo, o‘zimizga kerak. O‘zimiz uchun o‘qiymiz, dunyoqarashimizni kengaytirib, hayotga, jamiyatga, kelajakka ishonch bilan qarashga o‘rganamiz. Fikrlarimiz, aytajagimiz ham o‘qiganimiz va uqqanimizga munosib bo‘ladi. Mutolaaga odatlanmoq, mushohada qilishga, fikrlashga keng yo‘l ochmoq doimo foydali. Yurtimizda salohiyatli yosh avlod vakillari kitobxonlikka targ‘ib etiladi, qolaversa, ular munosib rag‘batlantirilib, qo‘llab-quvvatlanadi. Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad ham bitta – kitobxonlikni targ‘ib etib, bitta bo‘lsa-da, kitobga oshno yoshlar safini kengaytirish.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida respublika bo‘ylab “Kitobxonlik festivali”ning tashkil etilishida ham ana shunday ma’no mujassam. Navbatdagi “Kitobxonlik festivali” esa Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan festivalda Respublika bolalar kutubxonasi hamda viloyat Bolalar kutubxonalari mas’ullari, Xalq ta’limi boshqarmasi, qator hamkor tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va kitobsevar o‘quvchilar ishtirok etdi.
Kitobxon yoshlarning teran nigoh ila bildirayotgan fikrlari mutolaaning, kitobxonlikning foydasini yana bir bor isbotlagandek bo‘ldi.

Yakunda faol ishtirokchilar va tashabbuskorlar, iste’dodli kitobxon o‘quvchilarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

G.Shabirova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiyin ahvolga tushsa, yengillik beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Banklar kapitalining monandligiga qo‘yiladigan...

“Maromiylik” tadbirlari boshlandi

Denov tumanining “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo‘limi,...

Qarovsiz bog‘ sayilgohga aylanadi

Surxondaryoda yangi savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ishga tushirilishi...

Loyihalar yanada takomillashtiriladi

Surxondaryoda Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik "To‘palang" suv...
KunTun
KunTun