“Vatanparvarlik oyligi” davom etadi

Date:

Mustaqillikka erishib, o‘zbek xalqi hur va erkin yashay boshlagan sananing yaqinlashishi bayramlarga, tantanalarga ulanadi. Qutlug‘ sanani nishonlab, xursandchilik qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Farmoyishiga asosan, 1-avgustdan 1-sentyabrga qadar Ichki ishlar organlarida “Vatanparvarlik oyligi” deya e’lon qilinganida ham ayni shunday ma’no-mazmun ustuvorlik qiladi. Shu munosabat bilan joylarda tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, bayram dasturlari tashkil etilmoqda. Sherobod tuman IIB tomonidan ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oila a’zolari uchun kontsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan go‘zal kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tomoshabinlar ohangga qo‘shilib raqsga tushdilar.
Tumandagi 65-umumta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan qo‘g‘irchoq teatri tomoshalarini esa bolajonlar maroq bilan tomosha qildilar. Sahnada jonlangan qo‘g‘irchoqlar, ajoyib sarguzashtlar ko‘ngillarni ezgulikka, yaxshilikka chorladi.

Farg‘ona viloyatining Buvayda tuman madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan badiiy qismning yig‘ilganlar e’tiboriga havola etilishi ajoyib tuhfa bo‘ldi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun