Tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi

Date:

Issiq jonning issig‘i kunda bo‘lmasa-da, vaqti-vaqti bilan bezovta qiladi. Kerakli tibbiy yordam va xizmat esa jonimizga ora kiradi. Sog‘lik o‘zimizga kerak. Shuning uchun ham mutaxassis yordami bilan muolaja olishni boshlaymiz. Ammo, ba’zi chekka hududlarda yashovchi aholiga oson emas. Oddiy shamollash uchun tekshiruvdan o‘tib, muolaja olish maqsadida tuman markaziga yoki shaharga uzoq yo‘l bosib borishiga to‘g‘ri keladi. Yo‘l yurishdan erinib, kasallikni avj oldirayotganlar qancha. Muzrabot tumanidagi “Olmazor” mahallasida yashovchi aholining endi uzoq yo‘l yurishiga hojat qolmadi. Mahallada yangi tibbiyot punktining foydalanishga topshirilishi mahalla ahlini quvontirdi.

Barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan punktda olmazorliklarning sog‘ligi muhofaza qilinadi. Ha aytgancha, tibbiy punktning ishga tushurilishi 5 ta yangi ish o‘rnining yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Yana bir gap, tumanda tez kunlarda yana bitta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinika foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mana shunday amaliy ishlarning negizida tuman fuqarolarining sog‘ligini saqlash va ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadi yotadi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun