Oltin va kumush medal bilan qaytishdi

Date:

Surxondaryo Alpomishlar yurti. Bu yurtda unib o‘sgan yigit-qizning qonida polvonlik, yuragida o‘t chaqnaydi. Qanday sport turi bo‘lmasin, shug‘ullandimi, yurti nomini dunyoga taratmay qo‘ymaydi. Qirg‘iziston Respublikasi Issiq ko‘l viloyatida sportning “Usmon Kombat Sistems” turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham yurtimiz, xususan surxonlik sportchilarning ishtiroki tahsinga loyiq.
Musobaqada IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchisi Biloljon Xo‘shboqov 14-16 yosh 60 kilogramm vazn toifasida “Ful kontakt” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Litseyning yana bir o‘quvchisi Fazliddin Elmurodov esa 2-o‘rinni band etib, kumush medal sohibiga aylandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun