Bog‘da o‘sgan do‘lana

Date:

Marjondek ipga tizilgan do‘lanani ko‘rsangiz, bolaligingiz yodga tushishi aniq. Sababi siz ham o‘sha do‘lana marjonlaridan bo‘yningizga taqib, meva donalarini maza qilib tanovul qilgansiz. Kattalar aytishgan do‘lana tog‘da o‘sadi. Bepoyon tog‘ yon bag‘irlarida yastanib yotgan kengliklarda shig‘il-shig‘il hosil tugib yotgan do‘lanalar ko‘z-ongimizda, taavvurlarimizda qolib ketgan.

Qiziriqlik Bobur Rahmatov o‘z bog‘ida do‘lana yetishtirib kelmoqda. Avvaliga bu ishni shunchaki qiziqib, unadimi-yo‘qmi degan maqsadda do‘lana qalamchalarini yerga qadagan edi. Buni qarangki, e’tibor va qarovdan qalamchadan nishlar ko‘karib, bo‘y cho‘zishni boshladi. Bu yil ko‘chatlar barq urib quloch yozgan, g‘arq pishgan hosilni esa daraxt shoxlari bazo‘r ko‘tarib turgandek.

Qo‘li gul bog‘bonning bog‘iga kelsangiz, ajoyib manzaraning guvohi bo‘lasiz. Bog‘da apelsin, limon, olma, anjir, uzum va boshqa noyob mevali daraxtlarning ham turlari yashnab, hosil tugib turibdi. Bog‘bon mehnatidan rozi, bog‘idagi daraxtlar esa uni yanada ruhlantirgan. Negaki u noyob daraxtlar turini yanada ko‘paytirishni maqsad qilgan.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun