Maqtashga arzirli faoliyat

Date:

Mahallalarda hokim yordamchilari qanday ishlayotganini bilish uchun joylarga chiqib o‘rganmoq, xalq fikriga quloq tutmoq joiz. Ana shundagina aniq manzara ochiqlanadi. Turgan gapki, hokim yordamchilarining tashabbus ko‘rsatishi, yangidan-yangi g‘oyalarni amalga oshirishi murakkab jarayon emas, shunchaki xalqni o‘rganishi, qiziqishi, layoqati va asosiy mashg‘ulotlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri yo‘naltira bilishi lozim.
Sherobod tumanining “G‘urjak-1” mahallasida fuqarolar asosan issiqxonalarda ertachi sabzavot va poliz ekinlarini ekib, daromad ko‘rishadi. Xuddi shuni inobatga olgan hokim yordamchisi ish boshlayman deganga issiqxona qurib, qo‘ni-qo‘shnilarning boy tajribasidan foydalanishni tavsiya qildi. Qarabsizki, issiqxona biznesini yo‘lga qo‘yganlar mehnatidan kam bo‘lishmayapti.

Shuningdek, mahalla ahli mahallaning chekka hududida bo‘sh turgan yerdan-da, unumli foydalanishayotir. Qovun va tarvuzlar yetishtirib, mo‘maygina daromad olayotganlarning hikoyasi ishsizlarga motivatsiya berishi aniq. 3 oy ichida mo‘l-ko‘l hosil bergan qovun-tarvuzlar esa ko‘rgan ko‘zni quvnatadi, mazali ta’mi esa tilni yoradi.

Tumandagi “Qulluqsho” mahallasidagilar esa asosan chorvachilik bilan mashg‘ul. Qaysi xonadonga bosh suqmang, og‘ilxonasida bitta bo‘lsa-da qoramoli bor. Bu ishni daromad manbaiga aylantirgan xonadon egalari tadbirkorlikda eng yaxshi namuna. Endigina ish boshlovchilar ham qoramolchilikka ana shunday muvaffaqiyatga erishganlarni ko‘rib, kuzatib, shahdam qadamlar bilan biznesga qo‘l urayotir.
Albatta, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar maqtashga arzirli. Faoliyat bilan yaqindan tanishgan Surxondaryo viloyatiga Respublikadan biriktirilgan vakil B.G‘afurov, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Jo‘rayev hamda Sherobod tumanidagi mas’ullar hokim yordamchilaridan, ularning faoliyatidan mamnun bo‘lishdi. Yutuqlar e’tirof etildi, muammo va kamchiliklar o‘rganilib, yechim izlandi.

Mas’ullarning hududlarning imkoniyatidan kelib chiqib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan qator taklif va tavsiyalari lavozim egalarining ishlarida yaxshi natijalarga xizmat qiladi, deyish mumkin.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun