Ta’tilda hunar o‘rganib…

Date:

Oddiy ipdan ham san’at asari yaratish mumkin. Albatta, san’atga, yaratuvchanlikka oshno ko‘ngil va mahorat bo‘lsa. Qiziriq tumani Barkamol avlod bolalar maktabiga qarashli 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “To‘qish” to‘garagida to‘qish sirlari o‘rgatib kelinmoqda. Ayni paytda ta’til bo‘lishiga qaramay maktab to‘qishni o‘rganish istagida bo‘lgan o‘quvchi-qizlar bilan gavjum.

To‘garak rahbari Shahnoza Fayziyeva shogirdlarining kutayotganidan-da ko‘prog‘ini o‘rgatishni istaydi. Shu sababdan ham kunlik rejaga kiritgan mavzular bo‘yicha to‘qish texnikasini o‘rgatdi. Naqshlar solishni, gullar kompozitsiyasini chiqarishni ko‘rsatishdan erinmaydi. Asosiysi to‘quvchi qizlar qalpoq, sharf yoki kiyimlar to‘qishadimi, o‘yinchoq va sovg‘abop buyumlar yaratadimi, ularning har biriga o‘zgacha yoshdashishini, qo‘shimcha detallar bilan dizaynida yangiliklar qilishi lozimligini uqtirib boradi.

To‘quvchi qizlarning qo‘llari ancha kelishib qolgan. Ustozlari o‘rgatganlarni zumda uqib, bir-biridan ajoyib gullar, suvenirlar to‘qib yasashyapti.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun