3,5 million AQSh dollarlik loyiha

Date:

Elektr energiyasining tanqisligi, undagi uzilishlar barcha uchun noqulaylik tug‘diruvchi holat. Ayniqsa, chekka-chekka hududlarda energiyaning yetishmasligi bir qator ko‘ngilsiz vaziyatlarni keltirib chiqarayotgani, aholi yashash sharoitining past bo‘lishiga olib kelayotgani sir emas. Hali u hududda, hali bunisida tinimsiz “chiroq o‘chdi”, degan gap qulog‘imizga chalinib turishi yoqimsiz hodisa, albatta. Muammolarni hal qilish maqsadida mutasaddilar tinimsiz harakat qilib, maqbul yo‘llarini topishga urinishmoqda.

Jumladan, kuni kecha Janubiy Koreya korxonasi “U Energy” Co.LTD rahbariyati Angor tumaniga yetib keldi. Tashrif davomida viloyatimizning Angor va Muzrabot tumanlarida hamkorlikda quyosh elektr stansiyasini qurish haqida taklif kiritdi.
“U Energy” Co.LTD korxonasi rahbari Chang Gon An boshchiligida delegatsiya Angor va Muzrabot tumanlarida boʻlib, loyihanining amalga oshirilishi belgilangan hududlari bilan tanishdi. Elektr stansiyani qurish uchun Angor tumanining Xomkon mahallasi eng mos hudud deb topildi. Berilgan taklifning umumiy qiymati 3,5 million AQSh dollarga teng.

Uchrashuvlar yakunida tuman hokimliklari va xorijiy korxona o‘rtasida memorandum imzolandi.
Loyihaga koʻra amalga oshirilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyasining quvvati 7,5 ming MVt. Ushbu loyiha bo‘yicha ishlar amalga oshirilgach, 10 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun