Yoshlar bilan hamqadam…

Date:

Bir necha yilki, afg‘on yoshlari ilm istab Surxon vohasida mahalliy yoshlar bilan hamqadam, yelkama-yelka turib tahsil olib kelyapti. Tadbirlarda, ijodiy davralarda afg‘on yoshlari ham faol. Ularning fikrlari, ishtiroklari Afg‘on diyorida ana shunday ilmga tashna, tashabbuskor va iqtidorli yoshlar borligini ko‘rsatib turadi.
Ular bir necha yil davomida ilm oldi, kasb sirlarini o‘rganib, o‘z ona yurti tomon uchirma bo‘layotir. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida o‘qigan ilk 25 nafar bitiruvchisi Toshkent davlat transport universitetining bakalavr diplomi sohibiga aylanishdi.

Bitiruv tadbirida markaz direktori O.Ro‘ziyev, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ahmad Shafiq Urfoni, ushbu mamlakatning moliya vazirligi hisoblar bo‘limi direktori Muhibullo Saxizoda, transport qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari Lutfullo Amini, Afg‘onistonning Termiz shahridagi Bosh konsulining 1-kotibi Bismillo Mangal va boshqalar bitiruvchilarni muborakbod etib, ularni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida to‘xtaldilar.
To‘rt yil davomida mobaynida markazda “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” yo‘nalishida tahsil olgan afg‘onistonlik talabalarga Toshkent davlat transport universitetining malakali professor-o‘qituvchilari jalb etildi va malakali kadrlarni tayyorlash uchun xizmati va bilimlarini ayashmadi. Mana endi ishonch bilan aytish mumkinki, ko‘zlarida ishonch porlayotgan bitiruvchilar malakali kadrlar sifatida o‘z ish faoliyatlarini boshlashadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun