Termizlik Zahroxon mental arifmetikada tengsiz bo‘ldi

Date:

Bo‘laman degan bola boshidan ma’lum deganlaridek, termizlik Zahroxon jajjigina bo‘lishiga qaramay, bog‘chasida turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, to‘garaklardan tashqari mental arifmetikani ham muntazam o‘rgana boshlagandi. Tengdoshlari yugurgilab koptok qo‘ltiqlab, arqon sakrab yursa  ham u oila davrasida ham mental arifmetika sirlarini o‘rganishini kanda qilmadi. Bu esa unga ilk muvaffaqiyatni olib keldi.

Samarqand shahar “Registon” maydoni 2022-yil 4-iyulda “Buyuk bilimdonlar” mavzusida Mental arifmetika “Kelajak yoshlar qo‘lida” shiori ostida  Respublika ochiq olimpiadasida Termiz shahar 31-DMTT 4-tayyorlov guruh tarbiyalanuvchisi Zahroxon Nurbekova faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, mental arifmetika — bu yuqori sifatli dastur bo‘lib, matematik amalni miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o‘rgatadi. Mental arifmetika boladagi tasavvur qilish, ijodiy fikrlash, diqqatni jamlash, mantiq, analitik fikrlash kabi qobiliyatlarini shakllantirishda ko‘mlashib, ushbu fan bilan muntazam shug’ullangan bolalar har qanday darslardagi bilimlarni yaxshi o‘zlashtiradi va miya faoliyati boshqalarnikidan anchayin tezroq rivojlanar ekan. Shuning uchun ham bugungi kunda bolasini “mental arifmetika” berishga ishtiyoq ham, e’tibor ham kuchayib bormoqda.

Hali bog’cha yoshida bo‘la turib, Zahroxon ham mental arifmetikani o‘rganishga kirishgani shundan bo‘lsa kerak.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun