Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi

Date:

Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar shu davlatda yashayotgan har bir fuqaroni qiziqtirishi aniq. Nima yangiliklar, xalq uchun qanday qulayliklar kiritilganini bilish foydadan holi emas, albatta. Joylarda tashkil etilayotgan yig‘ilishlar, davra suhbatlaridagi targ‘ibot-tashviqot ishlari, qonun loyihasining muhokamasi esa aholiga kerakli tushunchani berishda yordam beryapti. Uzun tumani hokimligi majlislar zalida ham “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi, senator Baxtigul Bo‘tayeva hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Mavjuda Xasanovalar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, mamlakatimizda izchil demokratik islohotlarni chuqurlashtirishdagi ahamiyati haqida tushuntirish berdi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli vazifalar, xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi maqsadlar, mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zarurati haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, tadbirda tuman Kenagashi deputatlari hamda tuman faollari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘z taklif va munosabatlarini bildirishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun