Imtihon bo’lmaydi… mi?

Date:

Magistarturada o‘qish oliy ta’limni tamomlayotgan bakalavriat talabasi uchun orzu va maqsadga aylangan. Qabul kvotalarining chegaralangani esa hammada ham bu maqsadga yetishga imkon bermas edi. ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangiliklar, bir so‘z bilan aytganda yaxshi islohotlar yoshlar ko‘nglidagi maqsadni yanada alangalatsa, ajab emas. Sababi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida magistratura bo‘yicha ham qator yangiliklar belgilangan. Unga ko‘ra magistraturaga kirishda imtihon bekor qilinib, joriy yildan nomzodlar bakalavriat diplomi bali va til sertifikatidagi ball bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinadi. Bundan tashqari, xotin-qizlarning davlat oliygohlari magistraturasida o‘qishi bepul bo‘ldi. Qolaversa, qabul yiliga ikki marta – avgust va yanvar oylarida bo‘lishi ko‘pchilikni qiziqtirishi aniq. Bunda avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq bo‘lsa, yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi. Magistraturaga qo‘shimcha qabul kvotalari asosida o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning to‘lov-kontrakt summasini OTMlarning o‘zlari mustaqil belgilaydi. Narx belgilashda bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqiladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun