“Oq kema” asarini anchadan buyon o’qishga qiziqib yurgandim”

Date:

Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish, ayniqsa, yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e’tibor berilib, ko’plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni kitobxon qilib tarbiyalash, ularni mutolaaga bo’lgan qiziqishini shakllantirish uchun esa albatta, yosh kitob sevuvchilarga yetarlicha sharoit shakllantirmoq lozim.

Shu sababdan, Viloyat Moliya boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ulligida Termiz shahrida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida bo’lib o’tayotgan viloyat yoshlar festivalining kun tadbirlari “Kitoblar karvoni” loyihasi bilan boshlandi. Ushbu tadbirning e’tiborli jihati shundaki, bu kitoblar shahar va tumanlardagi eng olis hududlarda yashovchi yoshlarning foydalanishlari uchun yetkazib berilmoqda. Bu loyihaga esa 12 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ko’ngilli ravishda o’z hissalarini qo’shishmoqda.
— Viloyatimizda yoshlar festivali allaqachon o’z startini olib bo’lgan. Hozirda katta bir loyihaning ko’ngilli yordamchisi sifatida ishtirok etyapmiz. Tengdoshlarimizga kitoblarni yetkazib berishda o’z hissamiz qo’shilayotgani bizga o’zgacha shijoat bag’ishlamoqda – deydi loyiha ko’ngillilaridan O’rol Tojiyev.
Kitoblar ichida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lganlar mutolaasiga mo’ljallangan 7500 ta eng sara jamlanmalar shakllantirilgan. 15 ta “Kitob karvoni”ning har biriga 500 ta kitob joylanib, barchasi o’z manzillariga yetkazib berilayotir.

“Kitob karvoni”ning dastlabkisi Angor tumani “Novshahar” mahallasining kitobxonlariga yetkazildi.
— Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini anchadan buyon o’qishga qiziqib yurgandim, — deydi Novshaharda istiqomat qiluvchi Rahimova Ro’zibeka. — Hokimimizning ko’magida endi istalgan kitoblarni o’z mahallamizdan chiqmay topa olamiz. Har kunim endi shu kutubxonada o’tadi.

O’zbek adabiyoti bilan bir qatorda jahon adabiyoti namunalarini ham o’z ichiga olgan badiiy asarlar “Novshahar” mahallasida yashovchi 2000 dan ortiq yosh uchun eng ajoyib sovg’a bo’ldi desak, adashmaymiz. Zero, hadislarda aytilganidek, “Bir soatlik ilm, yuz kunlik toat-ibodatdanda afzal”.

Dildora Otaqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termizda OAV uchun saylovoldi matbuiot anjumani tashkil etildi…

Termiz shahridagi Termiz davlat universitetida viloyat hududiy saylov komissiyasining...

Yubileyga hozirlik qizg‘in

Ma’lumki, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini...

Folklor jamoalariga musiqa asboblari topshirildi

Ish qurolimiz bor ekan, mashaqqatimiz oz bo‘lur. Ayniqsa, san’at...

“Machay”da maktabga qo‘shimcha bino qurildi…

Bugun mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan keng...
KunTun
KunTun