“Parizoda innavatsyon”da 60 nafar ayol ish bilan band”

Date:

Qo‘lida hunari bo‘la turib, bekor o‘tirishdan yomoni yo‘q. Ayniqsa, ana shunday hunarli ishsizlar soni ko‘p bo‘lsa, bu jamiyat fojiasiday gap. Ularni boshini bir qilib, bandligini ta’minlash maqsadida tashabbus ko‘rsatish esa katta savob. Tadbirkor Munavvar Hasanova ana shunday savobli ishga qo‘l urdi.

Tikuvchilikka ixtisoslashtirilgan “Parizoda innavatsyon” oilaviy korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishsiz xotin-qizlarning 60 nafarini ishli qildi. Aynan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarni tanlagani ayni muddao bo‘ldi. Ushbu tikuv sexi orqali endi 60 oilaning kami but bo‘ladigan bo‘ldi.
Hali tikuv sexi to‘la kuch bilan ishga tushganicha yo‘q, shunday bo‘lsa, yana 100 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

“Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida 850 million so‘m kredit olib, faoliyati boshlangan tikuv sexida qo‘li gul chevarlar xaridorlarning talab va istagidan kelib chiqqan holda sifatli va hamyonbop mahsulotlarni tayyorlashayotir.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun