Ma’muriy jarima belgilandi

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizda katta ishlar amalga oshirilgani siz-u bizga yaxshi ma’lum. Yosh-u keksa bu ishga bel bog‘lab, ezgu niyat ila yerga daraxt ko‘chatlari va qalamchalarini o‘tkazgan edi. Ammo, “uni ekdik bo‘ldi”, deya qo‘l uchida qarash, e’tiborsizlik qilingan mehnatni, harakatlarni chippakka chiqarmasmikan? To‘g‘ri, buning uchun balki hech qanday javobgarlik yo‘qdir, ammo tiriklikka, tabiatga qilingan bunday e’tiborsizlikka vijdonimiz so‘roqlariga qanday javob beramiz?

Viloyat hokimi “Har bir ekilgan daraxtnig so‘rog‘ini, ekkan inson beradi” degan gaplari shunchalik tez fursatlarda yoddan ko‘tarildiki, Termiz tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limining davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida ekilgan ko‘chatlarning bugungi holati yuzasidan monitoring kuzatuvlari o‘tkazilganda holat yaqqol ko‘zga tashlandi.
Kuzatuv davomida Termiz TYFUK 330 yo‘l bo‘limi boshlig‘iga biriktirib berilgan hududida ekilgan ko‘chatlar vaqtida qarov bo‘lmaganligi sababli qurib qolganligi aniqlandi. Holat yuzasidan kerakli tushuntirish ishlari olib borildi va qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganligi uchun ma’muriy jarima belgilandi.

Sayyora Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun