Favqulodda vaziyatlarga tayyormiz… mi?

Date:

Yozgi ta’til boshlanib, maktablarda sog‘lomlashtirish oromgohlari o‘z ishini boshlagan, bolalar ko‘ngildagidek xordiq chiqarayotgan bir paytda tasavvur qiling, qandaydir tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Albatta, aniqki, bolalar ham, pedagog-mutaxassislar ham sarosimaga tushib qoladi. Bunday hodisalarda qanday yo‘l tutish, vaziyatdan talafotsiz chiqish choralarini ko‘rish talab etiladi. Demak, maxsus tayyorgarlik shart. Ayni shu maqsadda Janubiy operativ Qo‘mondonligining tashkiliy ko‘rsatmasiga asosan Uzuni tumanida joylashgan 59-maktabda maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Uzun tuman FVDqT (Favqulodda vaziyatlarda Davlat quyi tizimi) xizmatlarini jalb qilgan holda oromgohdagi 30-40 nafar o‘quvchi madaniy hordiq chiqarayotgan bir vaqtda yong‘in sodir etilib, evakuatsiya tadbirlari amalga oshirildi. Maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti 6 bosqichda o‘tkazildi. O‘quv mashqidan so‘ng yakuniy yig‘ilishda mashq davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha o‘rganib chiqilib, kelgusida qaytarilmasligi yuzasidan kerakli uslubiy ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Asosiysi, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar ana shunday favqulodda vaziyatlarda endi sarosimaga tushmaydi va kerakli choralarni ko‘ra oladi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun