Muorjaatning yechimi uzoq kuttirmadi

Date:

Ilgari edi, mutasaddilarga murojaat qilsam, vaqtim zoye ketmasmikin, ishim bitadimi, yo‘qmi. Otanggga bor, onangga bor deb diorama-idora sarson qilsa nima qilaman, qabilida fuqarolar murojaatga ko‘pam e’tibor qaratishmasdi.

Bugun esa zamon o‘zgardi, mutasaddilar eshigiga emin-erkin borib murojaat qilish tugul rahbarlarning o‘zlari eshik qoqib, ostonangizga kelib hol so‘rab, dardingizga quloq berib turibdi. Fuqarolar ham o‘z navbatida rahbarlar oldiga muammosini ko‘ndalang qo‘yishga o‘rgandi. Xalqning mutasaddilarga va islohotlar amaliy bo‘lishiga ishonchi ortdi.

Qolaversa, fuqarolar tomonidan qilingan murojaat holatiga qarab yo o‘z vaqtida, yoinki ma’lum bir muddat oralig‘ida yechim topib borayotir.

Avval xabar berganimizdek, kuni kecha respublika ishchi guruhi Qumqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning masala va murojaatlarini eshitish, ularni ijobiy hal etish borasida ommaviy qabul o‘tkazgan edi. Buni qarangki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligida o‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulga hali hech qancha vaqt o‘tmasidan ko‘plab fuqarolarning og‘iri yengil, masalasi hal bo‘layotganiga guvohmiz.

Sayyor qabulda tumanda istiqomat qilayotgan fuqarolardan biri Alisher Yoqubov 700 metr ko‘chasini toshlab berishni so‘rab murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat vazirlik va idoralar tomonidan inobatga olinib, ikki kun ichida toshlab berilishi aytilgandi.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Yoqubov Alisherning murojaati ijobiy hal etilib 700 metr ko‘cha tuman hokimligi tomonidan toshlab berildi.

E’zoza

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...

Yangi O‘zbekistonda mahalla taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mahalla tizimini...
KunTun
KunTun