Murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Date:

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullari bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ommaviy qabullari 11-14-iyun sanalarida Qumqo‘rg‘on, Denov, Sariosiyo hamda Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etildi.

Ommaviy qabulda Respublika ishchi guruh vakili, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori F.Farxodov ham ishtirok etmoqda. Aholi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur ommaviy qabullarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida jami 76 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 22 nafar murojaat qilib kelgan talabalar o‘z mutaxassisiligi bo‘yicha ish bilan ta’minlandi, 10 nafar talabaning to‘lov-shartnoma pullari to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatildi, 1 nafar talabaga moddiy yordam berildi, 2 nafar talabaning yotoqxona uchun to‘lovlari to‘lab berildi, 32 nafar talabaga murojaati bo‘yicha huquqiy maslahat berildi, 4 ta murojaat nazoratga olindi, 5 nafar talabaning turli muammolari ijobiy hal etildi.

— Farzandlarimning 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasasida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olyapti, — deydi Jarqo‘rg‘on tumani Paxtazavod mahallasida yashovchi fuqaro M.Xoliyorova. — O‘zim Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida matematika fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. Bir oilada 3 farzandni o‘qitish oson emas ekan. Umid bilan sayyor qabulga kelib, shartnoma pulini to‘lashda amaliy yordam so‘radim. Shukrki, murojaatim yerda qolmadi. Qizimning 5 yarim million so‘m miqdoridagi kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan judayam xursandmiz. Farzandlarim oliy ta’limni tamomlab, o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lib yetishadi hamda davlatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ommaviy qabullarda fuqarolarning har bir murojaati batafsil tinglanib, shu joyning o‘zida hal etilmoqda, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan boshqa masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilmoqda.

I.Karimova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adolat va shaffoflik timsoli

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona...

“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil...

Plastik chiqindiga doir yangi taklif

2025-yil 1-noyabrgacha plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilarga...

“Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylari...
KunTun
KunTun