Yana bittaga ko‘paydi…

Date:

Yurtimizda yoshlar vaqtini mazmunli o‘tishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotir. Muhimi qiziqish va ishtiyoq bo‘lsa bo‘lgani. Buning uchun viloyatimizda ma’naviyat va ma’rifat maskanlari, kutubxonalar, sport maydonlari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, yaqindagina Sariosiyo va Boysun tumanlarida ma’naviyat va ma’rifat maskanining foydalanishga topshirilgani mahalliy yoshlar ko‘nglini tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, bu galgi xushxabarlar ovozasi Sherobod tumanidan darak berdi. Ha, ma’naviyat va ma’rifat maskani yana bittaga ko‘paydi.

Maskanning ochilish marosimi tumandagi yosh-u keksani bir yerda jam qildi. Tashrif buyurganlar ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdi. Mo‘jazgina kutubxona va undagi boy ma’naviy meros barchani qiziqtirib qo‘ydi. Bir-biridan qimmatli asarlarni varaqlagan borki, uni o‘qishga qiziqib qolgani aniq. Kutubxonada Xotira burchagi ham tashkil etilgan bo‘lib, tumandagi e’tiborga molik ziyoli, qahramonlik ko‘rsatgan fidoyi insonlarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki aks etgan suratlari o‘rin olgan. Qolaversa, maskanda baxshichilik to‘garagi xonasining mavjudligi baxshichilikka qiziqqan yoshlar uchun tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

Ziyo maskanida yoshlarning shaxmat, shashka, stol tennisi bilan shug‘ullanishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Bu dargoh tuman yoshlari hayotida o‘ziga xos burilish yasay oladi, ularning ongi va qalbida ma’naviy fazilatlarni yuksaltirishga xizmat qilishi bilan muhim o‘rin egallashiga shubha yo‘q.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun