Sho‘rchida tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Date:

Ba’zan ish bilan bo‘lib, sog‘ligimizga e’tibor qaratishni unutamiz. Vaqtimizni ayaymiz va har qanday kasalni oyoqda yurib o‘tkazib yuboramiz. Aslida ana shunday e’tiborsizlik o‘zimizga qilgan eng katta dushmanligimizdir. Asoratlar, vaqtida muolaja qilinsa, davo topadigan kasalliklar esa bir dardni boshlab kelgunicha, to‘shakka mixlagunicha hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz. Aslida yilda bir necha bor tibbiy ko‘rikdan o‘tish sog‘likning birinchi shartidir. Buning uchun og‘riqlar bezovta qilishi shart emas.

Biz o‘z sog‘ligimizni o‘ylamasak, davlat o‘ylaydi, otalarcha g‘amxo‘rlik qiladi. Shu maqsadda Sho‘rchi tumanida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi va aynan davlat xizmati xodimlarining salomatligi tekshiruvdan o‘tkazildi.

Kardiolog, xirurg, pediatr, oftalmolog, travmotolog kabi tor soha mutaxassislari qabulida bo‘lganlar kerakli muolaja va tavsiyalarni olishdi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik jarayonlarida EKG, UZI hamda laboratoriya tekshiruvlari tashkil etilib, tashhis ishini yanada yengillashtirdi. Mana shunday tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi xalq salomatligiga qilingan eng yaxshi e’tibor va g‘amxo‘rlik namunasi bo‘layotir deyish mumkin.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun