“Saxovat va ko‘mak” orqali un beriladi

Date:

Yaqindagina Prezidentimizning tegishli qarori bilan ehtiyojmand fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berilgani ko‘pchilikni xushnud etib, turmushini obod etishga, ro‘zg‘orini butlashga birmunchayin ko‘maklashdi, desak adashmagan bo‘lamiz.

Kimdir moddiy yordamni ola solib bozor-o‘chariga xarj qilgan bo‘lsa, kimlardir ushbu mablag‘larni olmagani ham rost. Ana shundayin fuqarolarga moddiy yordam evaziga bepul un berilishi ham qarorda belgilab qo‘yilgan edi.

Joylarda ushbu fuqarolarni un bilan ta’minlash choralari ko‘rilayotir. Qumqo‘rg‘on tumanida ham bu borada ishlar qizg‘in.

2022-yil “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan va bir martalik moddiy yordam olmagan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, kam ta’minlangan oilalarni aniq yo‘naltirilgan tarzda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy farovonlik darajasini oshirish, shuningdek, insonparvarlik, saxovat tadbirlarini izchil davom ettirish maqsadida tumandagi 1157 ta oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan jami 355 million so‘m mablag‘ evaziga 71 000 kg un tarqatish belgilangan.

Hozirda ro‘yxatga olingan oilalar xonadonlariga un mahsulotini yetkazib berish ishlari boshlangan bo‘lib,  ishlar bosqichma-bosqich tarzda amalga oshiriladi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun