Xorazmdan Boysunga…

Date:

San’at insonga ma’naviy hordiq, estetik ruh beradi. Ayniqsa, bahramand bo‘lganimiz komediya, ya’ni hajviy tomosha bo‘lsa, kayfiyatimizni chog‘ qilishi aniq. Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan bir guruh aktyorlar jamoasi boysunliklarga ana shunday yuqori kayfiyat ulasha oldi.

Tumandagi madaniyat uyida yetti yoshdan yetmish yoshgacha jam bo‘lganlar Afandining boshdan kechirgan ming bir sarguzashtlarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Aktyorlar mahoratini ular ijro etgan qahramoni ruhiyatini nechog‘lik ochib bergani bilan sezish, baho berish mumkin. Xorazmlik san’atkorlar esa bor iste’dodlarini ko‘rsata oldi. Tomoshabinning kayfiyati-yu olqishlari buni isbotlab bergandek bo‘ldi.

Ana shunday sahna tomoshalari, yangicha talqin va o‘zgacha uslub namoyishi san’atni yuqori cho‘qqiga olib chiqaradi va tomoshabin didining o‘sishiga turtki bo‘ladi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun