Sariosiyoda yangi maskan…

Date:

Yoshlar boradigan manzil ziyo ulashib, ma’naviyatini yuksaltirsin. Kitobga, san’atga oshno etsin. Dunyoqarashini kengaytirib, u yoki bu sohaga qiziqish uyg‘otsin. Zinhor va zinhor ular boradigan yo‘llar tungi klublar, internet kafelariga yoki illatlarga tutashmasin. Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilar ekan ulardan yaratuvchanlik, bunyodkorlik ishlarini kutamiz. Sariosiyo tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskani binosi foydalanishga topshirilgani ana shunday ezgu maqsadni ko‘zlab boshlangan tashabbus deyish mumkin.

Ma’naviyat va ma’rifat maskanida ko‘ngildagidek xordiq chiqarish mumkin. Sababi binodagi zamonaviy kutubxona, o‘quv zali, kichik majlislar xonasi va boshqa bo‘lmalar barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan. Kutubxonada esa 38 mingdan ziyod bosma, 70 mingdan ortiq elektron kitoblar mavjud.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning tashrifi tuman ahli uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Shoirning qimmatli fikrlari, uyg‘oqlikka, ma’rifatga chorlovlari barchani sergaklantirgan bo‘lsa, ajab emas.

Ma’naviyat va ma’rifat maskani Yoshlar bog‘ida joylashganida ham katta maqsad ko‘zlangan aslida. Ajoyib bog‘, musiqali favvora, gulzor, zamonaviy kinoteatr tomoshasiga kelgan borki, Ma’naviyat va ma’rifat maskaniga ham bir kirib o‘tadi.

Joriy yil davomida viloyatning Boysun, Denov, Sho‘rchi, Sherobod, Qiziriq tumanlarida ham Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari foydalanishga topshirilishi belgilangan.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun