“Shaxmatni Baryl shaxmat doskasi yordamida o‘ynaymiz”

Date:

Sport sog‘lik garovi bo‘lsa, mutolaa ong-u shuurimizni chiniqtiradi. Bu ikkisi ham o‘zimizga foyda. Shoxsanam Bozorova bo‘sh vaqt topdi deguncha qo‘liga kitob tutsa, Sardor Nizomiddinov sportga oshno tutingan. Shaxmat o‘ynab aqlini charhlagani bugun unga pand bermadi.

Ular kabi Sho‘rchi tumanidagi 125-maktab-internati o‘quvchilari ham tashkil etilgan “Matonat” sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlarida bor bilim va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
— Shaxmatni Baryl shaxmat doskasi yordamida o‘ynaymiz, — deydi Sardor Nizomiddinov. — Har bir yurish o‘ylashni, mushohada qilishni talab etadi. Bilimlaringizni, aqlingizni ishga solasiz-da, raqibingizni mot qilasiz. Tashkil etilgan musobaqada ham bor mahoratimni ishga soldim. To‘g‘risi g‘olib bo‘laman deb o‘ylamagandim.

Tadbir yakunida g‘oliblarga homiylarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun