Denovlik chaqiriluvchilarga qulaylik yaratildi

Date:

Ishda muvaffaqiyatga erishish qaysidir ma’noda yaratilgan shart-sharoitga ham bog‘liq. Bu xodimning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, yanada yaxshi ishlashga, naf keltirishga undaydi. Qaysi sohaga boqmang, faoliyatida erishgan yutuqlarini yaratilgan imkoniyatlar bilan bog‘lashadi. Shu ma’noda Denov tumanida mudofaa ishlar bo‘limi uchun barcha qulayliklarga ega yangi bino foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tumani rahbaridan tortib, mas’ul xodimlar, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillarigacha ishtirok etdi. Tashrif buyurgan borki, yaratilgan shart-sharoit va qulayliklardan quvondi. Vatan xizmatiga otlangan er yigit borki, ularni tayyorlashda maktab vazifasini o‘taydigan bu dargoh ularni kashf etishga, tarbiyalashga xizmat qiladi.

Aytish kerakki, mudofaa ishlari bo‘limi binosi zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan va chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash hamda ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha qulayliklarga ega. Qariyb 40 yil ilgari qurilgan sobiq bino shu vaqtgacha bir necha marotoba ta’mirlangan bo‘lsa-da, kamchiliklardan holi emasdi. Sohaga qaratilayotgan e’tibor esa bugun har bir ishchi-xodimni ruhlantirib, yanada javlon urib xizmat qilishga kuch beryapti.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun