Jamoalar tanishtirib o‘tildi

Date:

Tamaddun beshigi hisoblanadigan Boysunning Padang qishlog‘ida bugun o‘zgacha bahor nafasi.
Erta tongdan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali har galgidan ham yuqori kayfiyatda boshlandi.
Ushbu festivalning markaziy sahnasida “Boysun bahori” folklor festivalida o‘z chiqishlari bilan bellashadigan jamoalar folklor chiqishlarini namoyish etishi belgilangan.
Respublikamizda jami 14 ta folklor jamoalar ishtirok etmoqda. Xorijiy davlatlardan 5 ta folklor jamoalar ham ushbu festivalda ishtirok etib, o‘z san’atlarini namoyish etishadi. Jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Tojikiston kabi davlatlarning folklor jamoalari ishtirok etmoqda.
Dastlab, jamoalar tomonidan tayyorlangan folklor chiqishlarni baholab borish uchun hakamlar hay’ati tanishtirib o‘tildi.
O‘zbekiston davlat san’ati va madaniyati institut professori O‘rozali Toshmatov, Tojikiston Respublikasi xalq artisti Sayram Isayeva, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyoti institut o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Olim Qayumov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institut dotsenti san’atshunoslik fanlari nomzodi Ibrohim Abdurahmonov hamda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan professor Eva Skalalar bu yilgi “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida hakam sifatida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, hakamlar hay’ati tanishtirib o‘tilgach, respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalarning sahnaga chiqish tartibi va jamoalar tanishtirib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun