Boysunliklar omoch bilan sahnani zabt etdi

Date:

Bu yilgi “Boysun bahori” festivalining o‘ziga xos jihati shundaki, unda ishtirok etayotgan har bir jamoadan 12 nafardan ishtirokchi qatnashmoqda va ular o‘z chiqishlarini yagona syujet asosida, qadimgi davrning ma’lum bir vaqtida yuz bergan voqea-hodisani olib chiqishi belgilangan bo‘lib, ijro uchun 15 daqiqadan vaqt ajratilgan.
Qadimiy va navqiron tarixi bilan dunyo tan olgan Boysunning Boysun folklor-etnografik xalq ansambli festivalda uchinchi bo‘lib sahnaga chiqdi. O‘tmishni o‘zida aks ettirgan milliy liboslarda sahnaga qadam qo‘ygan jamoa o‘zining qadimiy qadriyatlarimiz va milliy an’analarimizni o‘zida aks ettirgan chiqishlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi.
Qo‘lida ko‘za ko‘targan ayollar, ketmon chopayotgan erkaklar barobarida yelkasiga yog‘och omochni osgancha yer haydab, hamalning amalli kelishini so‘rab, mehnatga tutingan qadimiy xalq ko‘z o‘ngingizda gavdalangan ushbu sahna ko‘rinishi oxirida yerga ezgu niyat ila qadalgan urug‘ ko‘karib, yangilanish va yasharish boshlangani aks ettirilgan chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, 15 daqiqalik chiqishlari bilan boysunliklar jamoasi katta bir davrni o‘zida aks ettiruvchi, qaynoq hayotni tassavvuringizga joylay olgani ularning yutug‘i bo‘ldi.


Adolat MO’MINOVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...

Sariosiyo — yirik qurilishlar maydoni

Sariosiyo tumanida tadbirkorlik muhitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish...
KunTun
KunTun