Sel oqimidan so‘ng…

Date:

Yoshi ulug‘larimiz qo‘llarini duoga ochar ekan, eng avvalo, “Yaratgandan o‘t balosidan, suv balosidan asrashini” so‘rashadi. Bu bejizga emas, albatta. Ofat baribir ofat-da. Yog‘ingarchilik ekin-tikinga, bog‘-u rog‘ga foyda, hosilga baraka bo‘lsa, bu yilgi ob-havo injiqliklari dahmazasiz o‘tmadi.

Uzun tumanida qisqa muddatli yog‘ib o‘tgan yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tumanning “Yangi obod” hamda Dehqon mahallasining ayrim qishloqlarida sel oqimi kuzatildi. Sel kelishi qishloqlarning ichki yo‘llariga hamda ayrim aholi xonadonlarining hovli va tamorqalariga zarar yetkazmay qolmadi.
Ayni paytda esa sel oqimidan so‘ng yo‘llarda yig‘ilib qolgan qum-shag‘al va loyqalarni tozalash ishlari boshlab yuborilgan. Maxsus muhandislik texnikalari yordamida amalga oshirilayotgan tozalash ishlari tuman hokimligi tomonidan nazoratga olingan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun