Merganlikdan chavandozlikkacha…

Date:

Toʻy-hashamlarimiz, bayramlarimiz koʻpkari musobaqasiz oʻtmaydi. Har kim ham asov otning-da jilovidan mahkam tutib, yo‘rig‘iga yurdira olmaydi. Buning uchun chayirlik va chapdastlik kerak bo‘ladi. Chavandozlik er-yigitdan katta mahoratni talab etadi. Chavandoz uchun nafaqat yaxshi ot, bilak kuchi va ulkan tajriba kerak. Ot chopag‘on bo‘lsa-yu jilovidan tutganning shijoati yetishmasa, tabiiyki, uloq qo‘ldan ketadi.

Surxon elidan ko‘plab chavandozlar qatori mohir merganlar ham yetishib chiqishi, balki azal-azaldan chavandozlikka, merganlikka mehrimiz balandligidan bo‘lsa kerak. Merganlikni ham qo‘lda palahmon ushlagancha, xivchindan yasalgan kamonga o‘q qadagan huv olis bolalikda o‘rganganimiz rost. Qadim qadriyatlar, milliy o‘yinlaru marosimlarimiz elimizga qaytmoqda, deya baralla ayta olamiz.   

Bugungi kunda yurtimizda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan milliy o‘yinlar, urf-odat va qadriyatlarni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, mazkur yo‘nalishda ularni faol jalb etish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hududlarda kamondan otish hamda ot sporti turlarini rivojlantirish, targ‘ib etish, yosh sportchilarni tayyorlash borasida Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, joylardagi seksiyalarda turli mashg‘ulotlar hamda musobaqalar tashkil etilayotir.

Termiz tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi. Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Qorabayir otlari mahorat maktabi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda, o‘quvchi yoshlar merganlik va chavandozlik borasida o‘z ko‘nikmalarini shakllantirdilar.

Yoshlarga kamondan otishning asoslari, xavfsizlik qoidalari, ot minish hamda uni egarlash tartiblari bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi. Shundan so‘ng, amaliy tarzda ishtirokchilar o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Tadbirda faol qatnashgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun