“Qadriyat – bebaho boylik”

Date:

Tarbiya qadriyatlar, urf-odatlar bilan uyg‘unlikda berilar ekan, ana shu ruhiyatda ulg‘aygan yosh o‘zligini unutmaydi, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi insoniylik tuyg‘ularini o‘zida singdirgan bo‘ladi. Shaharning ko‘p qavatli uylarida ulg‘aygan yosh bilan momo-bobosining nasihatlari, o‘gitlari bilan katta bo‘lgan farzandning tarbiyasini kuzatsangiz, o‘rtasida yer bilan osmoncha farqni sezish mumkin. Demak, tarbiya va qadriyatlarda gap ko‘p. Qiziriq tumanida yosh avlodga bo‘lgan e’tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlarni tarbiya topayotgan o‘g‘il-qizlarning hushxulqi so‘zlasin.


Ayniqsa, tumanda yaxshi an’ana sifatida yo‘lga qo‘yilgan tadbirlar yoshlar uchun eng yaxshi maktab vazifasini o‘tayapti. Bu galgi tadbirlar tumandagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘y ko‘rsatdi. Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan azaliy qadriyatlarimiz va milliy urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etgan “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ustoz-murabbiylarimiz va keksa onaxonlarimiz milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz haqida so‘zladilar. Xalq og‘zaki ijodidan kuylab, sahna chiqishlari bilan odatlarimizni ko‘rsatib berdilar. Tomoshadan zavqlangan yoshlar ruhiyatiga ana shunday ta’sir o‘tkazish, ularning kamolotida o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, albatta.


Qolaversa, mahallaning xotin-qizlar faoli Surayyo Jabborova yurtimizda Oila va xotin-qizlar masalalaridagi yangi islohotlar to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushuncha berdi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun