“Pattakesar”da ari boqilayapdi

Date:

O‘zini-o‘zi band qilish yaxshi natija beryapti. Bu orqali oilaviy daromad topish, ish o‘rni yaratish evaziga o‘zgalarning-da bandligiga erishilmoqda. Termiz shahridagi “Pattakesar” mahallasida istiqomad qiluvchi Anvar Qurbonovni mahalladoshlari asalarichi sifatida yaxshi taniydi. Asal kerak bo‘lsa, eshigini qoqadi.

Asalarichilikning sirini bilsangiz, asal arilar egasini xafa qilmaydi. Toza va hushtam mahsuloti bilan siylaydi. Ko‘rgan daromadingiz esa kam-ko‘stingizga yetib ortishi turgan gap. Anvar Qurbonov ham asalarichilikdan kam bo‘lgani yo‘q. Xonadonida qatorasiga joylashgan asal uyalarida ari oilalarini parvarishlayotir.
Mahalla va sektor rahbarlari maslahat solib, asalarichining eshigini qoqishdi. Maqsad — asalarichilik faoliyatini yanada kengaytirishi uchun amaliy yordam ko‘rsatib, mahalladoshlaridan 30 ta oilaga ushbu kasb sir-asrorlarini o‘rgatishi borasida kelishib olindi. Kelishuvga ko‘ra asalarichilikda o‘zini sinamoqchi bo‘lgan oilalarga joriy yilning 2-choragi mobaynida hokim yordamchisining tavsiyasi asosida kredit ajratiladigan bo‘ldi.
Ha, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili ijrosi doirasida mahalladagi tadbirkorlar ishsiz mahalladoshlariga o‘z yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor. Mahalla drayveri (ixtisoslashuvi)dan kelib chiqib, hududda chorvachilik, tovuqchilik hamda issiqxona va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini tashkil etish maqsad qilingan. Natijada 80 ta xonadonga kredit ajratilishi bo‘yicha hokim yordamchisi mas’uliyat va nazoratni o‘z zimmasiga olgan.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun