Har narsada me’yor kerak!

Date:

Inson tan sihatligi uchun ham me’yorida va muntazam ovqatlanib turishi kerak. taomlanish kerak ekan, deya duch kelgan vaqtda duch kelgan mahsulotni iste’mol qilaverishni fan ham inkor etadi. Ustiga ustak organizmimiz ham bunga qarshi reaksiyasini bildiradi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish uchun ovqatlanish ratsioniga amal qilish maqsadga muvofiqligini muzrabotlik hamshiralar ham targ‘ib qilmoqda. Ayniqsa, endigina o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom voyaga yetishida to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati yuqori. Bir so‘z bilan aytganda, har narsada me’yor bo‘lgani yaxshi.

Muzrabot tuman hokimligi hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda tumandagi barcha tashkilot hamshiralari maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni sog‘lom ovqatlantirish ratsioni hamda Maktabgacha ta’lim vazirining 626-sonli Qarori me’yoriy hujjatlari bilan tuman aholisini tanishtirish maqsadida tuman markazidagi “Shodlik”  istirohat bog‘ida jam bo‘lishdi.

Mutaxassislarning aytishicha, noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bir qatorda, to‘yib taom yemaslik ham qator kasalliklarga sababchi ekan. Misol uchun, bolalarning sekin o‘sishi yoki yetarli vaznga ega bo‘lmasligi, yurish, gapirish hamda fikrlash sustligi, qorinning kattaligi, qo‘l va oyoqlarning ozg‘inligi, sochning tikka-tikka bo‘lib, ingichkalashuvi, to‘kilishi, o‘z rangi va jilosini yo‘qotishi kabi kaalliklar aynan to‘yib ovqatlanmaslik natijasida yuzaga kelar ekan. Yig‘ilganlarga sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish, kundalik iste’molda qaysi mahsulotlar iste’moli zarurligi haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Darvoqe, ovqatlanish ratsioniga amal qilish organizmning hayot faoliyatini taʼminlash, salomatlik va ish qobiliyatini saqlab turish uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtirish jarayoni. Kishi rejim bilan toʻgʻri ovqatlansa, kasalliklarga kamroq chalinib, ularni oson yengadi. Toʻgʻri ovqatlanish barvaqt qarib qolishning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. Meʼda-ichak, yurak-tomir kasalliklari va boshqa kasalliklarda alohida tuziladigan ratsion hamda ovqatlanish rejimi davo shartlaridan hisoblanadi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun