Ijodiy uchrashuv

Date:

Ijodkorning yuragi toshqin daryo kabi limmo-lim bo‘ladi. Ana shu toshqinlik uning ijodida ham, faoliyatida ham sezilib tursa, u ijro etayotgan kuy-qo‘shiqlarni, ijro etayotgan rollarini xalqimiz sevib tomosha qiladi, beixtiyor muxlisiga aylanadi. O‘z so‘zi, ijodi va iste’dodi bilan xalqqa tanilgan ijodkorlar bilan bir davrada suhbat qilib, ular bilan yaqindan tanishish esa ana shunday san’at shaydolarining orzusidir. O‘zini, ijodini xalq xizmatiga bag‘ishlagan iste’dodli ijodkorlar vohamizda ham talaygina.

O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 19-aprel kuni Boysun tuman madaniyat markazida “Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash” shiori ostida O‘zbekistonda xizmat korsatgan artistlar, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisalari Yodgora Ziyomuhammedova, Farida Umarova va O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Mansur Ravshanovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida spektakllardan parchalar namoyish etilib, tomoshabinlar tomonidan berilgan savollarga javoblar olindi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun