Bandixonda yangi shifo maskani

Date:

Fuqarolar dardiga darmon bo‘lish, ularning og‘irini yengil qilish borasida bugun juda keng ko‘lamli ishlar izchillik bilan olib borilayotganini hammamiz ko‘rib, quvonib turibmiz. Sa’y-harakatlarning bari insonlarning sihat-salomatligi, jamiyatda emin-erkin va baxtli yashashi, kelajakka umid bilan boqishi yo‘lida qilinayotir. Eng avvalo, tan sihatligi bo‘lsa, barcha muammo va masalalar o‘z-o‘zidan yechim topadi, jamiyat ham rivojlanishda davom etadi.

Aholi salomatli uchun esa jonkuyar shifokorlar, zamonaviy tibbiyot maskanlari, innovatsion texnologiyalar kerak bo‘ladiki, mana shular jipsligida inson salomatli bilan bog‘liq har qanday dardga davo topish mumkin.

Bugunki kunda mamlakatimizda tibbiyoti rivojlangan davlatlardagi kabi eng ilgʻor innovatsion taraqqiyotga erishish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Ayniqsa, soʻnggi besh yilda tibbiy xizmatni yanada yuksaltirishga daxldor xayrli tashabbuslar sogʻliqni saqlash istiqbolini belgilab berdi. Davlatimiz rahbari tizimda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan dolzarb masalalar, tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid toʻplanib qolgan muammolarni bartaraf etish vazifasini qatʼiy qoʻydilar.

Davlatimiz rahbari boshchiligida viloyatimizda qayta tashkil etilgan Bandixon tumani ahli uchun quvonchli voqea bo‘ldi. Tuman markaziy shifoxonasining ochilish marosimiga to‘planganlarning ko‘zida quvonch, ko‘nglida shukrona aks etgan bu kun untilmas bo‘lib tarixda qoladi, desak mubolag‘a emas.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari I.Safarov, Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.Abduvohidov, Bandixon tumani hokimi O‘.Choriyev so‘zga chiqib, xalqimiz uchun foydalanishga topshirilayotgan bino haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Bandixonda ayni vaqtda 78 700 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ular uchun tumanda bitta ko‘p tarmoqli poliklinika, 4 ta oilaviy shifokorlik punkti, 4 ta oilaviy poliklinika xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi. Mazkur shifoxona esa aholi uchun yanda qulaylik tug‘diradi, desak adashmagan bo‘lamiz.

70 o‘ringa mo‘ljallangan markaziy shifoxona qurilishiga investitsiya dasturi asosida 12 milliard 800 million so‘m mablag‘ sarf etildi. 20 o‘rinli jarroh, 15 o‘rinli bolalar bo‘limi, 20 o‘rinli terapiya, tag‘in 15 o‘ringa ega shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limlarini qamrab olgan yangi shifo maskani hali xayrli ishlarning debochasi.

Negaki, tumanda yuqumli kasalliklar shifoxonasi yo‘qligi sababli yaqin orada 30 o‘ringa mo‘ljallangan yangi shifo maskani ham qurib bitkazilib, aholi foydalanishi uchun topshiriladi. Bundan tashqari, tug‘ruqxona bo‘limi ham qaytadan bunyod etilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, eng yosh tumanlardan hisoblanmish Bandixonda tibbiyot sohasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan shifo maskanlariga najot istab kelgan bandixonliklar borki, bu yerdagi yaratilgan shart-sharoitlarni, shifokorlarning tibbiy malakasini, ularning shirinso‘z va dardga malham bo‘luvchi taftini ko‘rib tezda sog‘ayib ketishiga shubha yo‘q.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qiziriq tumanida ham…

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bugungi kunda har bir xonadon...

Farzandim taqdiriga befarq emasman

Bugun Termiz tumanida MMTB bo‘limi tasarrufidagi 1-sonli umum ta’lim...

50-maktab 12 dona tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Maktablarda ta’lim-tarbiya berilishi bilan birga kasb-hunar sirlarining ham o‘rgatilayotgani...

Huquqiy maslahat berildi

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limasi hamda O‘zbekiston notarial...
KunTun
KunTun