Ishonch o‘zini oqlaydi

Date:

Yaqindagina Termiz tumanidan bo‘lgan ikki karra O‘zbekiston chempioni Xo‘janazar Nortojiyev Iordaniyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallab oltin medal sohibi bo‘lgan edi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Dilshod Abdumurodov ham poytaxtda bo‘lib o‘tgan chempionatda Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘lgan hali yodimizdan chiqqani yo‘q. Xuddi shunday sport sohasida erishgan yutuqlarimiz maqtagulik va ko‘krak kerib g‘ururlanishga arziydi. To‘g‘ri-da, O‘zbekistn sharafini himoya qilish, mahorat va kuchini ko‘rsatish sportchidan mehnat va mashaqqat talab etadi. O‘z navbatida g‘olibga qilingan e’tibor va rag‘bat uni ruhlantiradi. Keyingi musobaqalarga o‘zgacha ishtiyoq va g‘ayrat bilan tayyorlanadi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov sportning boks turi bo‘yicha ana shunday yuqori natijalarga erishgan surxondaryolik sportchilarga esdalik sovg‘ali topshirib, chempionlarga va ularning oila a’zolariga minnatdorchilik bildirdi.
Ishonamiz ishonch o‘zini oqlaydi va sportchilar bundan-da yuqori marralarni zabt etadilar.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim sifati yangi bosqichda

Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va xalqaro hamkorlik izchil...

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...
KunTun
KunTun